“Emmi-2026” mukofoti g‘oliblari ro‘yxati e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 132
“Emmi-2026” mukofoti g‘oliblari ro‘yxati e’lon qilindi

15-sentyabrga o‘tar kechasi AQShda televizion sohadagi eng nufuzli mukofotlardan biri — “Emmi"ning 78-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni “Law & Order: Special Victims Unit” seriali aktrisasi Marishka Xargitey olib bordi — u so‘nggi 15 yil ichida marosimni yakka o‘zi olib borgan ilk ayol bo‘ldi.

Eng ko‘p mukofotni (14 ta) “Widow's Bay” qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarda “The Pitt” va “DTF St. Louis” bo‘lib, har bir serial yettitadan haykalchaga ega bo‘ldi.

Jin Smart bir serialning har bir mavsumi uchun “Emmy” olgan ilk ayolga aylandi. U “Hacks"dagi roli uchun jami besh marta mukofotlangan.

Metyu Riz esa marosimda birdaniga ikkita rekord o‘rnatdi: bir marosimda ikkita asosiy aktyorlik nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan ilk inson bo‘ldi va komediya, drama hamda mini-serialdagi bosh rollari uchun “Emmi” olgan ilk erkak aktyorga aylandi.

Mukofotlar ro‘yxati:

  • Eng yaxshi dramatik serial — “The Pitt”;
  • Eng yaxshi komedik serial — “Widow's Bay”;
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor — Noa Uayl, “The Pitt”;
  • Eng yaxshi mini-serial — “DTF St. Louis”;
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa — Ria Sihorn, “Pluribus”;
  • Komedik serialdagi eng yaxshi aktyor — Metyu Riz, “Widow's Bay”;
  • Komedik serialdagi eng yaxshi aktrisa — Jin Smart, “Hacks”;
  • Mini-serialdagi eng yaxshi aktyor — Metyu Riz, “The Beast in Me”;
  • Mini-serialdagi eng yaxshi aktrisa — Salli Fild, “Remarkably Bright Creatures”;
  • Eng yaxshi realiti-shou — “The Traitors”;
  • Komedik serialdagi eng yaxshi rejissyor — Xiro Murai, “Widow's Bay”;
  • Eng yaxshi ko‘ngilochar shou — “The Late Show With Stephen Colbert”;
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi rejissyor — Sol Metstayn, “Slow Horses”;
  • Komedik serialdagi eng yaxshi ssenariy — Keti Dippold, “Widow's Bay”;
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi ssenariy — Vins Gilligan, “Pluribus”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling