Kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi “Dars” filmi premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 76
Kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi “Dars” filmi premyera qilinadi

24-sentabr kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida rejissyor Otabek Yoʻldoshevning “Dars” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Film 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘qituvchilik kasbi nufuzini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’rifat g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida yaratilgan

“Dars” Kontent markazi hamda “Ma'no Cinema” hamkorligida suratga olingan.

Film markazida yoshlar orasida kitobxonlik, ma’rifat va mutolaa madaniyatini targ‘ib qiluvchi Oyqiz obrazi turadi. Shuningdek, unda ustozning inson kamolotidagi o‘rni, ustoz-shogird munosabatlari, ta’lim-tarbiyaning ahamiyati hamda milliy an’analar asosiy g‘oya sifatida hikoya qilinadi.

Kinokartinada rollarni Lola Eltoyeva, Tolib Mo‘minov, Sanjar Namozov, Umid Uzoqov, Shohrux Hamdamov, Jayrona Hasanova, Mehri Iymonberdiyeva, Mohichehra Islomova, Otabek Haqberdiyev va boshqa aktyor hamda aktrisalar ijro etgan.

“Dars” 25-sentabrdan boshlab O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etiladi.

“Dars” filmi premyerasi

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling