“Hayot-mamot o‘yinlari: Tong otishi” filmining yangi treyleri chiqdi
E’lon qilingan sana: · 100

“Hayot-mamot o‘yinlari: Tong otishi” blokbasterining yangi rus tilidagi treyleri taqdim etildi. Film premyerasi 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Voqealar original trilogiyadagi hodisalardan 24 yil oldin sodir bo‘ladi. 12-distriktda yashovchi yosh Xeymitch Aberneti (Jozef Zada) yubileyga bag‘ishlangan “Hayot-mamot o‘yinlari"da ishtirok etib, Panem diktatori, prezident Snouga (Ralf Fayns) qarshi chiqadi.
Film Syuzan Kollinzning o‘tgan yili chiqqan xuddi shu nomdagi romani asosida suratga olingan. Kartinada Glen Klouz, El Fanning, Makkenna Greys, Kiran Kalkin, Jessi Plemons, Jennifer Lourens va Josh Xatcherson ham rol ijro etgan.