Apple “Tenzing” filmi treylerini taqdim etdi

Apple rejissyor Jennifer Pidom suratga olgan “Tenzing” biografik dramasining treylerini e’lon qildi.
Apple rejissyor Jennifer Pidom suratga olgan “Tenzing” biografik dramasining treylerini e’lon qildi. Film Everest cho‘qqisiga uyushtirilgan ilk muvaffaqiyatli ekspeditsiya haqida hikoya qiladi.
Kartina markazida nepallik-hindistonlik sherpa va tajribali alpinist Tenzing Norgay turadi. U 1953-yilda Britaniyaning Everest ekspeditsiyasi tarkibiga qo‘shilgan va Edmund Hillari bilan birga 29-may kuni tog‘ cho‘qqisiga chiqib, Everestni zabt etgan dastlabki ikki insondan biriga aylangan. Voqealar asosan Norgay nuqtayi nazaridan ko‘rsatiladi.
Filmda Tom Xiddlston bilan birga Genden Pxuntsok, Uillem Defo, Keytriona Balfi, Tinli Lxamo va Tenzin Dalxa ham rol ijro etgan. Premyera 16-oktyabr kuni Apple TV’da bo‘lib o‘tadi.
Film premyerasi 16-oktabr kuni Apple TV’da bo‘lib o‘tadi.