“Bankni qanday talash kerak?” komedik ekshenining yangi treyleri chiqdi
E’lon qilingan sana: · 558

“Bankni qanday talash kerak?” komedik ekshen filmining yangi treyleri e’lon qilindi. Filmning xorijiy prokati 13-noyabrdan boshlanadi.
Syujetga ko‘ra, “Bo‘rilar galasi” kod nomi ostida faoliyat yurituvchi qaroqchilar guruhi o‘z jinoyatlarini ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etib boradi. Katta muxlislar bazasiga qaramay, tez orada guruh FBI e’tiboriga tushadi.
Filmda Nikolas Xolt, Zoi Kravits, Pit Devidson, Anna Savayi, Jon C. Rayli, Kristian Sleyter va boshqalar rol ijro etgan. Kartinani Devid Lich (“Forsaj: Xobbs va Shou”, “O‘qdan tez”) suratga olgan.