Zolushkaning o‘gay opa-singillari haqidagi “Steps” multfilmining ilk treyleri chiqdi
E’lon qilingan sana: · 222

Netflix “Zolushka” ertagining yangi talqini bo‘lgan “Steps” animatsion filmining ilk treylerini taqdim etdi. Multfilm 20-noyabr kuni striming servisida namoyish etiladi.
Syujetga ko‘ra, o‘gay opa-singillardan biri qirollik balini barbod qilganlikda ayblanadi. Buning ustiga, u tasodifan ikkinchi singlisini qurbaqaga aylantirib qo‘yadi. Xatosini tuzatish va yovuz qahramonlar ham baxtli yakunga loyiq ekanini isbotlash uchun qiz Zolushka bilan birlashadi.
Qahramonlarga Amanda Seyfrid, Ali Vong, Stefani Syu va boshqalar ovoz bergan. Multfilmni Elis Szue va Jon Ripa birgalikda suratga olgan.