Kinoteatrlarda “Xudo asrasin 2” filmi namoyishi boshlandi

E’lon qilingan sana· 1 977
Kinoteatrlarda “Xudo asrasin 2” filmi namoyishi boshlandi

O‘zbekiston kinoteatrlarida 17-sentyabrdan qirgʻizistonlik ijodkorlar tomonidan suratga olingan “Xudo asrasin 2” filmining namoyishi boshlandi.

Syujetga ko‘ra, sobiq jinoyatchilar Jumabek va Ramazon jinoiy o‘tmishlarini ortda qoldirib, halol hayot kechirishmoqda. Biroq din niqobidagi firibgarlar guruhini fosh etish uchun ularga xavfli topshiriq beriladi.

Ular mulla qiyofasida jinoiy guruh ichiga yashirincha kirib borishi kerak.

Filmga chiptalarni Afisha.uz orqali xarid qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling