“Kliff Butning omadsizliklari” filmining ilk treyleri chiqdi

Netflix Kventin Tarantino ssenariysi asosida Devid Fincher suratga olgan “Kliff Butning omadsizliklari” filmining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi.
Netflix Kventin Tarantino ssenariysi asosida Devid Fincher suratga olgan “Kliff Butning omadsizliklari” filmining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi. Bred Pitt yana 2019-yilda chiqqan “Bir zamonlar… Gollivudda” filmida ilk bor gavdalantirgan Kliff But obraziga qaytdi.
Film voqealari 1977-yilda, “Bir zamonlar… Gollivudda"dagi hodisalardan qariyb sakkiz yil o‘tib sodir bo‘ladi. Kliff But endi kaskadyor bo‘lib ishlamaydi, Gollivud studiyalarining ishlarini yuritish bilan shug‘ullanadi va rahbarlarga rasmiy tartib-taomillardan chetda qolgan mojarolar hamda boshqa muammolarni hal qilishda yordam beradi.
Pittdan tashqari filmda Elizabet Debiki, Skott Kaan, Karla Gugino, Yahyo Abdul-Matin II va Piter Veller ham rol ijro etgan. Fincher va Pitt uchun bu “Yetti”, “Jangovar klub” va “Benjamin Battonning sirli hikoyasi"dan keyingi navbatdagi qo‘shma loyiha bo‘ldi.
Filmning kinoteatrlardagi namoyishi 25-noyabrda boshlanadi, 23-dekabrdan esa kartina Netflix’da tomosha qilish uchun taqdim etiladi.