Netflix “Rey Gann” multfilmining treylerini e’lon qildi
E’lon qilingan sana: · 49

Netflix rejissyor va ssenariynavis Bred Birdning (“Superoila”) yangi loyihasi — “Rey Gann” multfilmining ilk treylerini taqdim etdi.
Voqealar muqobil 1930-yillarda, o‘zga sayyoraliklar yashaydigan Metropiya shahrida sodir bo‘ladi. Bosh qahramon Rey Gann detektiv bo‘lib ishlaydi va megayulduz Venera Nova bilan sirli ravishda bog‘liq bo‘lgan qotillikni tergov qiladi.
Qahramonlarga Sem Rokvell, Skarlett Yoxansson va Tom Ueyts ovoz bergan. Bred Bird loyiha ustida 1990-yillardayoq ishlay boshlagan, multfilmni yaratishga qariyb 150 million dollar sarflangan.
“Rey Gann” 18-dekabrdan Netflix’da namoyish etiladi.