Robert Eggers “Romeo va Julyetta”ni ekranlashtiradi
E’lon qilingan sana: · 87

“Nosferatu” va “Mayoq” filmlari rejissyori Robert Eggers Uilyam Shekspirning “Romeo va Julyetta” pyesasi asosida yangi film ustida ishlamoqda. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi.
Film qahramonlari qadimgi ingliz tilida gaplashadi. “Romeo va Julyetta"ning eng mashhur ekranlashtirishlarini Franko Dzeffirelli va Baz Lurmann suratga olgan. Eggersning navbatdagi loyihasi — dekabrda ekranlarga chiqishi kutilayotgan, Aaron Teylor-Jonson va Lili-Rouz Depp ishtirokidagi “Vurdalak” qo‘rqinchli filmi.
Kartinani Focus Features studiyasi prodyuserlik qiladi. Romeo va Julyetta rollarini kim ijro etishi hozircha ma’lum emas.