Jonni Depp ishtirokidagi “Abadiy sayyoh” filmining ilk tizer-treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana: · 1 552
Jonni Depp ishtirokidagi “Abadiy sayyoh” filmining ilk tizer-treyleri chiqdi

Bosh rollarni Jonni Depp va Penelopa Kruz ijro etgan.

Lionsgate rejissyor Mark Uebb (“Yozning 500 kuni”, “Yangi o‘rgimchak odam”) suratga olgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizer-treylerini taqdim etdi.

Voqealar markazida shaxsiy yaxtada ishlaydigan barmen qiz turadi. U sirli yo‘lovchi bilan tanishadi. Ko‘p o‘tmay, ular jinoyat olamining ishlariga aralashib qoladi va ta’sirli jinoiy shaxs bilan to‘qnash keladi.

Bosh rollarni Jonni Depp va Penelopa Kruz ijro etgan.

Premyera 2027-yil 25-martga rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling