“Taxtlar o‘yini: Eygonning zabti” filmi 2029-yil yozida chiqadi

E’lon qilingan sana: · 859
“Taxtlar o‘yini: Eygonning zabti” filmi 2029-yil yozida chiqadi

“Taxtlar o‘yini: Eygonning zabti” filmi 2029-yil yozida kinoteatrlarda namoyish etiladi. Bu haqda Variety xabar berdi.

Kartinani “Yetti qirollik ritsari” seriali ustida ishlagan Ouen Harris suratga oladi, ssenariyni esa Bo Uillimon yozgan. Loyiha syujeti haqida hozircha ko‘p ma’lumot berilmagan. Mish-mishlarga ko‘ra, voqealar markazida Targaryenlar sulolasiga asos solgan Eyegon I turadi.

Filmda, ehtimol, Eygon I singillari bilan birga Vesterosni qanday birlashtirgani haqida hikoya qilinadi. Bu voqealar original serialdagi hodisalardan 300 yil avval sodir bo‘lgan. Eygon I obrazi serialda bir necha bor tilga olingan, biroq qahramonning o‘zi hali ekranda ko‘rsatilmagan.

Targaryenlar qirollik oilasi tarixiga “Taxtlar o‘yini"ning “Ajdarlar uyi” va “Yetti qirollik ritsari” muvaffaqiyatli spin-offlari bag‘ishlangan. “Ajdar uyi"ning uchinchi mavsumi yaqinda namoyish etildi, “Yetti qirollik ritsari” esa ikkinchi mavsumga uzaytirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling