Jennifer Lourens Zak Kreggerning yangi filmida bosh rolni ijro etadi

Kregger shuningdek, film ssenariysini o‘zining original g‘oyasi asosida yozgan va loyiha prodyuseri sifatida ham qatnashadi.
Jennifer Lourens “Barbar”, “Qurollar” va “Resident Evil” filmlari rejissyori Zak Kreggerning yangi ilmiy-fantastik trilleri “To‘fon"da bosh rolni ijro etadi. Kregger film ssenariysini o‘zining original g‘oyasi asosida yozgan va uning prodyuseri ham bo‘ladi.
Lourens uzoq sayyoradan sirli signal oladigan va u yerdan o‘zga sayyoraliklar artefaktini topadigan kosmik ekipaj kapitanini gavdalantiradi. Filmni Warner Bros. ishtirokida New Line Cinema ishlab chiqaradi. Prodyuserlar sifatida Stiven Spilbergning Amblin Entertainment kompaniyasi hamda Roy Li va Miri Yunning Vertigo Entertainment kompaniyasi qatnashadi.
“To‘fon” filmining suratga olish ishlari 2027-yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Filmning AQSh kinoteatrlaridagi premyerasi esa 2028-yil 11-avgustga belgilangan.