"Qasoskorlar: Final" yana tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi

E’lon qilingan sana: · 22
"Qasoskorlar: Final" yana tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi

“Qasoskorlar: Final” filmi yana “Avatar"ni ortda qoldirib, tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxatida birinchi oʻringa koʻtarildi. Qayta namoyishdan so‘ng filmning daromadi 2,925 milliard dollarga yetdi, deya xabar bermoqda Variety.

Qayd etilishicha, “Avatar” beshta takroriy prokatni hisobga olgan holda 2,923 milliard dollar ishlab topgan. Jeyms Kemeron filmi 2019-yilda “Qasoskorlar: Final” uni ortda qoldirgunga qadar o‘n yil davomida rekordni saqlab qoldi. 2021-yilda “Avatar” kinoteatrlarga qayta chiqarildi va yana birinchi o‘ringa qaytgandi.

“Qasoskorlar"ning bu galgi takroriy prokati 126 million dollardan ortiq daromad keltirdi. Disney va Marvel dekabr oyida chiqadigan “Qasoskorlar: qiyomat kuni” filmiga qiziqish uyg‘otish uchun filmni katta ekranlarga qaytardi. Film Marvel kino olamining 39-filmi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, “Qasoskorlar: Final” 2019-yilda premyera qilingan va o‘n yil ichida Marvel’ning oldingi 21 ta filmida koʻrsatilgan voqealarning yakuni boʻlgan. Syujetga ko‘ra, Tanos koinotdagi barcha tirik mavjudotlarning yarmini yo‘q qilgan. Super qahramonlar dunyoni qutqarish uchun vaqt bo‘ylab sayohat qilishi kerak. Filmda Robert Dauni, Kris Evans, Skarlett Yoxansson, Tom Holland, Chedvik Bouzman va Entoni Maki rol o‘ynagan.

Ikkala rekordchi film ham Disney bilan bog‘liq. “Avatar"ni 20th Century Fox studiyasi ishlab chiqargan va kompaniya uni 2019-yilda sotib olgan. Fox kino aktivlarini hisobga olgan holda, Disney tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan o‘nta filmdan yettitasini, jumladan, “Avatar” “Titanik” va “Qasoskorlar: Cheksizlik jangini"ni o‘z ichiga oladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling