“Institut” serialining ikkinchi mavsumi treyleri chiqdi

MGM+ striming servisi Stiven King romani asosida suratga olingan “Institut” fantastik triller serialining ikkinchi mavsumi treylerini taqdim etdi.
Serial yosh daho Lyuk Ellis (Jo Friman) haqida hikoya qiladi. U g‘ayritabiiy qobiliyatlarga ega bolalar saqlanadigan sirli “Institut"ga asir tushadi. “Institut"ni yo‘q qilishda unga texnologik milliarder Nolan Rivz (Alfi Allen) yordam beradi, biroq uning o‘smir va uning do‘stlariga nisbatan o‘z rejalari bor.
Ekranlashtirishda Ben Barns, Alfi Allen, Jo Friman, Meri-Luiz Parker va boshqalar rol ijro etgan. Serial ustida “Adolat” loyihasi bilan tanilgan Benjamin Kэvell va “Tirik qolganlar” seriali rejissyori Jek Bender ishlagan.
Ikkinchi mavsum premyerasi 8-noyabrda bo‘lib o‘tadi. U sakkiz qismdan iborat bo‘ladi.