Netflix “Heartland” trillerining ilk treylerini taqdim etdi

E’lon qilingan sana: · 332
Netflix “Heartland” trillerining ilk treylerini taqdim etdi

Bosh rolni Jessika Chesteyn ijro etgan.

Netflix Jessika Chesteyn bosh rolni ijro etgan “Heartland” trillerining ilk treylerini taqdim etdi.

Chesteyn 20 yil davomida sahnadan uzoqda, yolg‘izlikda yashagan sobiq kantri-musiqa yulduzi Misti Jons rolini ijro etadi. U kantri yo‘nalishidagi yosh xonanda, jiyani Charli Hart g‘oyib bo‘lganidan so‘ng Neshvillga qaytadi. Misti voqeani mustaqil ravishda tergov qila boshlaydi va asta-sekin shahardagi musiqa sanoatining qorong‘i tomoniga duch keladi.

Film ssenariysini avval “Ты не ты” dramasi ustida ishlagan Shana Fest yozgan va kartinaga o‘zi rejissyorlik qilgan.

Premyera Netflix’da 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling