Paramount Warner Bros. kompaniyasini sotib olish bo‘yicha bitimni yakunladi

E’lon qilingan sana: · 110
Paramount Warner Bros. kompaniyasini sotib olish bo‘yicha bitimni yakunladi

Birlashgan kompaniya Skydance Corporation deb nomlandi.

Paramount Skydance kompaniyasi Warner Bros. Discovery’ni sotib olish boʻyicha bitimni yakunlab, Gollivud tarixidagi eng yirik media xoldinglardan birini yaratdi. Bitimning umumiy qiymati qarzlarni hisobga olgan holda taxminan 111 milliard dollarni tashkil etdi.

Kelishuv natijasida Gollivudning ikkita eng yirik studiyasi Paramount Pictures va Warner Bros., shuningdek, kino, televideniye va striming aktivlarining katta to‘plami bir kompaniya nazorati ostida qoladi. Birlashgan tuzilma tarkibiga CBS, HBO, HBO Max, CNN, Paramount+, Pluto TV, shuningdek, “Garri Potter”, DC olami, “Uddalab boʻlmas topshiriq” “Top Gan” va boshqa franshizalar kiradi.

Kompaniyaga Devid Ellison rahbarlik qiladi, u direktorlar kengashi raisi va bosh direktor lavozimini saqlab qoladi. Ikki kompaniyaning operatsion boshqaruvi va integratsiyasi uchun Mattel kompaniyasining sobiq bosh direktori Yanon Krayz mas’ul bo‘ladi, u, shuningdek, bosh direktor ham bo‘ladi.

Bitim bir necha oylik jarayonning natijasi bo‘ldi. Paramount va Warner Bros. Discovery kelishuvni 2026-yil fevral oyida e’lon qilgandi. Shundan so‘ng, bitim 70 ga yaqin mamlakatdagi regulyatorlar tomonidan tekshirildi. AQSh Adliya vazirligi iyun oyida monopoliyaga qarshi tekshiruvni yakunladi va Yevropa komissiyasi iyul oyida sotib olishni ma’qulladi.

Kelishuvning bir qismi sifatida Paramount AQShda dastlabki ikki yil davomida yiliga kamida 30 ta film va keyingi uch yil davomida yiliga kamida 32 ta film chiqarishga va’da berdi. Kompaniya shuningdek, AQShda yillik kino va televidenie ishlab chiqarish xarajatlarini 2025-yilga kelib Paramount va Warner Bros. Discovery umumiy qiymatiga nisbatan kamida 300 million dollarga oshirishi kerak.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling