"Blade Runner 2099" serialining ilk treyleri e'lon qilindi

Prime Video Hanter Shafer va Mishel Yeo bosh rollarni ijro etgan “Blade Runner 2099” (“Blade Runner 2099”) ilmiy-fantastik serialining ilk to‘laqonli treylerini taqdim etdi.
Serial voqealari Deni Vilnyovning “Blade Runner 2049” filmidagi hodisalardan 50 yil o‘tib sodir bo‘ladi. Hanter Shafer ta’qibchilardan yashirinishga urinayotgan qochoq Kora rolini ijro etadi. U yangi shaxsiyatni qabul qilib, tig‘ ustida yuguruvchiga aylanadi. Kora atigi bir necha kunlik umri qolgan replikant — Mishel Yeo ijrosidagi Oluyen bilan birlashishga majbur bo‘ladi. Ular birgalikda shahar ichidagi nozik muvozanatni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotga ega qochoqni izlashga kirishadi.
Loyiha muallifi va shouranneri avval “Shining Girls” seriali ustida ishlagan Silka Luiza hisoblanadi. 1982-yilda suratga olingan original “Blade Runner” filmi rejissyori Ridli Skott esa loyihada ijrochi prodyuser sifatida ishtirok etmoqda.
Barcha sakkizta epizod premyerasi 25-noyabr kuniga belgilangan.