"Shiroq" tarixiy badiiy filmining suratga olish ishlari yakunlandi

E’lon qilingan sana: · 175
"Shiroq" tarixiy badiiy filmining suratga olish ishlari yakunlandi

Rejissyor Muzaffar Erkinovning “Shiroq” tarixiy badiiy-publisistik filmining suratga olish ishlari yakunlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, film Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan afsonaviy Shiroq jasorati haqida hikoya qiladi.

Ta’kidlanishicha, tasvirga olish jarayonlari Toshkent va Buxoro viloyatlarida, shuningdek, “O‘zbekfilm” pavilyonlarida olib borilgan.

Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olish jarayonlaridan videolavha e’lon qilindi.

Hozirda kartinaning montaj, ovozlashtirish va boshqa postprodakshn ishlari amalga oshirilmoqda. Kinokartinaning senariy muallifi yozuvchi Nazar Eshonqul hisoblandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling