Jeyson Stethem ishtirokidagi "Asalarichi 2" filmi treyleri e'lon qilindi

Miramax kinokompaniyasi Jeyson Stethem bosh rolni ijro etgan “Asalarichi 2” jangari filmining treylerini taqdim etdi. 2024-yilda ekranlarga chiqqan birinchi filmning davomi 2027-yil 15-yanvarda jahon prokatida premyera qilinadi.
Stethem yana sobiq tezkor xodim, shahar chekkasida yashab, asalarichilik bilan shug‘ullanadigan Adam Kley rolini ijro etadi. Bu safar bosh qahramon AQSh hukumatini ag‘darishni maqsad qilgan asalarichilar hamjamiyatini tashkil etadi. Qahramonning yana bir o‘ziga xos jihati — asalari chaqishi yordamida jarohatlarini davolash qobiliyati bo‘ladi.
Filmga “Hech kim 2” jangari kartinasini suratga olgan Timo Tyaxanto rejissyorlik qilgan. Ssenariyni esa Kurt Vimmer yozgan. Filmda Stethemdan tashqari Jeremi Ayrons, Yara Shahidiy, Emmi Reyver-Lempman, Bobbi Naderi, Jemma Redgreyv, Pom Klementyeff va Adam Kouplend ham suratga tushgan. Stethem, shuningdek, film prodyuserlaridan biri sifatida ham qatnashgan.
“Asalarichi"ning birinchi filmi 40 million dollarlik byudjet bilan suratga olinib, 162 million dollar daromad keltirgan va muvaffaqiyatli loyihaga aylangan.