Kianu Rivz "Jinoyatchi, politsiyachi va iblis" filmining remeykida rol oʻynashi mumkin

Kianu Rivz “Jinoyatchi, politsiyachi va iblis” filmining remeykida rol oʻynash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 2019-yilgi original filmda bosh rollardan birini ijro etgan Ma Dong Sok ham remeykda ishtirok etadi va jinoyatchi avtoritet Chan Dong Su obraziga qaytadi. Rivz qaysi rolni o‘ynashi hozircha ma’lum qilinmagan.
Original film syujeti seriyali qotilni qo‘lga olish uchun birlashishga majbur bo‘lgan politsiyachi va jinoiy guruh rahbari haqida hikoya qiladi. Ularning har birida jinoyatchini ta’qib qilish uchun sabablar bor, shuning uchun hamkorlik o‘zaro ishonchsizlik, to‘qnashuvlar va bir-birini aldashga urinishlar bilan kechadi.
Loyiha rejissyori va prodyuseri Jeyms Van (“Saw”, “Aquaman”) hisoblanadi. Boshqa prodyuserlar orasida Jeyson Blum, Silvestr Stallone, Lorenso di Bonaventura va Ma Dong Sokning o‘zi bor. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, suratga olish ishlari 2027-yil aprel oyida Los-Anjelesda boshlanadi.