"Uzuklar hukmdori: qudrat uzuklari" seriali uchinchi mavsumining treyleri chiqarildi

Prime Video studiyasi “Uzuklar hukmdori: qudrat uzuklari” seriali uchinchi mavsumining toʻliq treyleri chiqarildi.
Voqea Eregion qulaganidan besh yil o‘tgach sodir bo‘ladi. Sauron O‘rta Yer ustidan hukmronligini mustahkamlashda davom etmoqda va qolgan xalqlarni o‘ziga bo‘ysundirish uchun Yagona Uzukni yasashga tayyorlanmoqda. Uning orklar qo‘shinlari qit’a bo‘ylab harakat qilmoqda, elflar, gnomlar va odamlar esa tahdid oldida birlashmoqchi.
Charli Vikers, Morfid Klark, Robert Aramayo, Deniyel Ueyman, Ouen Artur, Maksim Boldri va boshqa aktyorlar o‘z rollariga qaytadi. Loyihaning yangi ishtirokchilari orasida bo‘lajak Hamul rolini o‘ynaydigan Zubin Varla va balrogga ovoz bergan Saymon Pegg ham bor.
Shourannerlar va ijrochi prodyuserlar sifatida yana J.D. Payne va Patrik Makkey ishlaydi. Serial J.R.R. Tolkinning asarlariga asoslangan bo‘lib, “Xobbit” va “Uzuklar hukmdori” hikoyasidan ming yillar oldin sodir bo‘lgan O‘rtayerning Ikkinchi davri voqealari haqida hikoya qiladi.
Yangi qismlar 11-noyabrdan premyera qilinadi.