Xavyer Bardem va Penelopa Kruz yana birga: "Bunker" filmi treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana: · 842
Xavyer Bardem va Penelopa Kruz yana birga: "Bunker" filmi treyleri e'lon qilindi

Rejissyor Florian Zeller ssenariyni Bardem va Kruz uchun maxsus yozgan.

Xavyer Bardem va Penelopa Kruz ishtirokidagi “Bunker” filmining treyleri chiqarildi.

Bardem muvaffaqiyatli londonlik arxitektor Migel rolini o‘ynaydi, unga Pol Dano ijrosidagi texno-milliarder uchun hashamatli himoya bunkerini ishlab chiqish taklif qilinadi. Loyiha katta mukofot va’da qiladi, ammo Migel va uning rafiqasi Sofiya o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. 17 yillik nikohdan so‘ng ayol ularning munosabatlari va erining qarorlariga shubha qila boshlaydi.

Rejissyor Florian Zeller ssenariyni Bardem va Kruz uchun maxsus yozgan. Zeller avvalroq Entoni Xopkins rol oʻynagan “Ota” va Xyu Jekman oʻynagan “O‘g‘il” dramalarini suratga olgan.

Film premyerasi sentyabr oyida Venetsiya kinofestivalida boʻlib oʻtgandi. AQShda cheklangan miqdorda namoyish 11-dekabrda boshlanadi, jahon premyerasi esa 2027-yil 15-yanvarga rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling