"Amir Temur" filmi rejissyori Moskvadagi xalqaro kinofestivalda mukofotga sazovor bo‘ldi

E’lon qilingan sana: · 81
"Amir Temur" filmi rejissyori Moskvadagi xalqaro kinofestivalda mukofotga sazovor bo‘ldi

“Amir Temur” tarixiy filmi rejissyori Jeykob Shvarts XV Moskva xalqaro “Biz yashaymiz” nomli kinofestivalida “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyasida maxsus diplomga sazovor boʻldi.

Film jamoasi mukofot qoʻlga kiritilganini oʻz Instagram sahifasida eʼlon qildi. Unda suratga olish maydonchasidan fotosuratlar va festival diplomi joylashtirilgan.

“Bu mukofot biz bilan dashtga borgan barchaga tegishli”, — deyiladi aktyorlar va suratga olish guruhiga yoʻllangan postda.

Film yaratuvchilari loyihada ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirib, film qiyin sharoitlarda — ochiq dashtlarda, shamolda va ogʻir tarixiy liboslarda suratga olinganini taʼkidladi.

“Amir Temur” tarixiy filmi Sohibqironning hokimiyat tepasiga koʻtarilishi haqida hikoya qiladi. Bosh rolni Kristian Mortensen ijro etgan. Suratga olish ishlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonda, jumladan, Xiva va qadimgi Tuproq-Qal'ada boʻlib oʻtgan.

Film Oʻzbekistonda 2026-yil 2-aprelda namoyish etilgan. Afisha.uz avvalroq film haqida sharh eʼlon qilgan edi, unda Amir Temurning badiiy tasviri va tarixiy voqealarning talqiniga eʼtibor qaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling