Netflix PUBG o‘yini boʻyicha serial ishlab chiqmoqda

E’lon qilingan sana: · 595
Netflix PUBG o‘yini boʻyicha serial ishlab chiqmoqda

Bosh rolni Childish Gambino sahna taxallusi bilan tanilgan Donald Glover ijro etadi.

Netflix mashhur PUBG: Battlegrounds o‘yini asosida serial suratga olish ustida ishlamoqda. Bosh rolni Childish Gambino sahna taxallusi bilan ham tanilgan Donald Glover (“Atlanta”, “Hamjamiyat”) ijro etadi. Shuningdek, u loyihaning ssenariy muallifi, rejissyori va ijrochi prodyuseri bo‘ladi.

Voqea tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda. 2017-yilda chiqarilgan PUBG oʻyini an’anaviy syujetga ega emas. O‘yin “qirollar jangi” formatiga asoslangan bo‘lib, unda ishtirokchilar xaritaga tushadi, jihozlar yig‘adi va oxirgi omon qolgan odamgacha jang qiladi. Serial yaratuvchilari o‘yin olami doirasida mustaqil hikoyani ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, loyiha ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida. Suratga olishning boshlanish sanasi va premyera muddati hozircha e’lon qilinmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling