Jeyson Stethem Gay Richining yangi jangari filmida rol o‘ynaydi

E’lon qilingan sana: · 86
Jeyson Stethem Gay Richining yangi jangari filmida rol o‘ynaydi

Aktyor Jeyson Stethem va rejissyor Gay Richi to‘liq metrajli film ustida ishlash uchun yana birlashadi. Ularning yangi loyihasi “Dogfight” deb nomlanadi va Netflix uchun suratga olinadi. Richi filmning ssenariy muallifi, rejissyori va prodyuseri sifatida ishlaydi, Stathem esa bosh rolni ijro etadi va prodyuserlar jamoasiga qo‘shiladi.

Netflix filmni London jinoyat olamida sodir bo‘ladigan zamonaviy qasos mavzusidagi jangari film sifatida ta’riflaydi. Syujetning boshqa tafsilotlari va aktyorlar tarkibi haqidagi ma’lumotlar hozircha oshkor etilmagan.

“Dogfight” Richi va Stethemning birga ishlagan yettinchi filmi bo‘ladi. Ularning hamkorligi Stethemning kinodagi debyuti bo‘lgan “Lock, Stock and Two Smoking Barrels” (1998) jinoiy komediyasi bilan boshlangan. Undan keyin “Snatch” (2000), “Revolver” (2005), “Wrath of Man” (2021) va “Operation Fortune: Ruse de Guerre” (2023) filmlarida ikki ijodkorning juftligini koʻrish mumkin. Ularning oltinchi hamkorligi J. J. Konnollining romani asosida suratga olingan va hali premyera qilinmagan “Viva La Madness” filmi boʻladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling