Charli Hannem ishtirokidagi “Kriminal” serialining ilk tizeri chiqdi

E’lon qilingan sana: · 279
Charli Hannem ishtirokidagi “Kriminal” serialining ilk tizeri chiqdi

Prime Video striming xizmati Charli Xannem bosh rolni ijro etgan “Kriminal” antologiya serialining ilk tizerini e’lon qildi. Serialning namoyishi 2027-yil 13 va 27-yanvar kunlariga rejalashtirilgan.

Loyiha Ed Brubeyker va Shon Fillipsning 2006-yilda chiqarilgan shu nomli komikslar turkumiga asoslangan. Xannem serialda zo‘ravonlik ishlatishdan bosh tortadigan tajribali o‘g‘ri Leo obrazini gavdalantiradi. Unda, shuningdek, Adria Arxona, Emiliya Klark, Lyuk Evans va Richard Jenkins ham suratga tushgan.

Serialga “Kapitan Marvel” filmi rejissyorlari Anna Boden va Rayan Flek, shuningdek, “Mudbound” rejissyori Di Riis rejissyorlik qiladi. Ed Brubeyker “Mentalist” seriali ustida ishlagan Jordan Harper bilan birga shouranner vazifasini bajaradi.

“Kriminal"ning birinchi mavsumi sakkiz qismdan iborat bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling