“Dyuna 3” trilogiyaning eng qisqa filmi bo‘ladi

“Dyuna” trilogiyasining yakuniy qismi — “Dyuna 3” filmining davomiyligi ma’lum bo‘ldi. Kartinaning rasmiy xronometraji 150 daqiqani tashkil etadi. Shu tariqa, uchinchi qism trilogiyadagi eng qisqa filmga aylanadi.
Taqqoslash uchun, 2021-yilda chiqqan birinchi film 2 soat 35 daqiqa, “Dyuna 2” esa 2 soat 46 daqiqa davom etgan. Yangi film Frenk Gerbertning “Dyuna messiyasi” romaniga asoslangan bo‘lib, unda Pol Atreydesning imperatorlik taxtiga o‘tirganidan keyingi hayoti hikoya qilinadi. Roman adabiy turkumning birinchi kitobiga qaraganda ancha qisqa.
Uchinchi qismda Timoti Shalame yana Pol Atreydes rolini ijro etadi. Zendeya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson va Xavyer Bardem ham o‘z rollariga qaytadi. Franshizaga qo‘shilgan yangi aktyorlardan biri Robert Pattinson bo‘ladi.
Film 2026-yil 18-dekabrdan boshlab jahon kinoteatrlarida namoyish etiladi.