Toshkentda Qozog‘iston kinosi kunlari o‘tkaziladi
E’lon qilingan sana: · 593

Toshkentda 12−14-noyabr kunlari Qozog‘iston kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimi 12-noyabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida boshlanadi.
Unda ikki mamlakatning madaniyat va kino sohasi vakillari, diplomatik korpus, “Kazakhfilm” kinostudiyasi va “Kinopark Theatres” rahbariyati hamda film ijodkorlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kino namoyishlari dasturi:
12-noyabr:
- 15:30 — “Қайтадан”;
- 18:00 — “Ерекше”.
13-noyabr:
- 15:00 — “Моя большая казахская семья”;
- 18:00 — “Жабайы”.
14-noyabr:
- 15:00 — “Алтын адам”;
- 18:00 — “Әміре”.
Tashkilotchilarga ko‘ra, kino kunlari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, milliy kinematografiya yutuqlarini targ‘ib qilish hamda ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Barcha namoyishlar O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o‘tkaziladi.