“1408” horror filmining sikveli suratga olinadi

E’lon qilingan sana: · 485
“1408” horror filmining sikveli suratga olinadi

Jon Kyusak va Samuel L. Jekson o‘z rollariga qaytadi.

Spyglass Media Group studiyasi Stiven Kingning shu nomli hikoyasi asosida 2007-yilda suratga olingan “1408” qo‘rqinchli filmining davomi ustida ishlamoqda. Loyihaga “Stranger Things” seriali orqali tanilgan Nataliya Dayer va “Uzuklar hukmdori” filmidagi Frodo roli bilan mashhur Elayja Vud qo‘shildi.

Dayer bosh rolni ijro etadi, Vud esa ikkinchi darajali rollardan birida paydo bo‘ladi. Shuningdek, Jon Kyusak va Samuel L. Jekson ham o‘z rollariga qaytishi kutilmoqda. Hozirda aktyorlar loyihada ishtirok etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Agar kelishuvga erishilsa, ular yana yozuvchi Mayk Enslin va mehmonxona boshqaruvchisi Jerald Olin obrazlarini gavdalantiradi. Biroq ularning qahramonlari davomiy filmda ikkinchi darajali personajlarga aylanadi.

Original film arvohlar va paranormal hodisalar haqidagi voqealarni o‘rganishga ixtisoslashgan yozuvchi Mayk Enslin haqida hikoya qiladi. U yangi kitobi uchun material izlab, Nyu-Yorkdagi “Delfin” mehmonxonasining 1408-raqamli xonasiga joylashadi. Boshqaruvchi bu xonada ko‘plab mehmonlar vafot etgani haqida ogohlantirganiga qaramay, yozuvchi qaroridan qaytmaydi. Ko‘p o‘tmay Enslin uning shubha bilan qarashlariga putur yetkazadigan tushunarsiz hodisalarga duch keladi.

Filmga birinchi qismni suratga olgan Mikael Xofstryom rejissyorlik qiladi. U Mark Verxayden bilan birgalikda ssenariyni ham yozgan. Syujet tafsilotlari va yangi qahramonlar hozircha oshkor etilmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling