Bred Pitt yangi film treylerida Kliff But roliga qaytdi

E’lon qilingan sana: · 242
Bred Pitt yangi film treylerida Kliff But roliga qaytdi

Filmga Devid Fincher rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Kventin Tarantino yozgan.

Netflix “Kliff Butning yangi sarguzashtlari” (“Новые похождения Клиффа Бута”) filmining ikkinchi to‘liq treylerini taqdim etdi.

Voqealar 1977-yilda, original film voqealaridan sakkiz yil o‘tib sodir bo‘ladi. Kliff endi Rik Daltonning dublyori sifatida ishlamaydi va Gollivud studiyalarining nozik muammolarini hal qilish bilan shug‘ullanadi. Yangi hikoyada u jinoyatlar, shantaj va parda ortidagi fitnalar girdobiga tushib qoladi. Unga televizion yulduz Charli Pitersning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Karen Krosbi murojaat qiladi. Biroq bu safar Kliff odatdagi kaskadyorlik ishini bajarish bilangina cheklanmaydi.

Bred Pitt “Bir kuni… Gollivudda” (“Однажды… в Голливуде”) filmidagi kaskadyor rolini yana ijro etgan. Kartinaga Devid Fincher rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Kventin Tarantino yozgan. Filmda, shuningdek, Yahyo Abdul-Matin II, Karla Gugino, Piter Ueller, Holt Makkellani va aktyor Jeyms Steysi roliga qaytgan Timoti Olifant suratga tushgan.

“Kliff Butning yangi sarguzashtlari” 25-noyabr kuni IMAX kinoteatrlarida namoyishga chiqadi. Ikki haftalik kinoprokatdan so‘ng film 23-dekabr kuni Netflix platformasida paydo bo‘ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Bred Pitt yangi film treylerida Kliff But roliga qaytdi — Toshkent Afishasi