“Бегущий по лезвию 2099” serialining final treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana: · 228
“Бегущий по лезвию 2099” serialining final treyleri chiqdi

Prime Video “Бегущий по лезвию 2099” serialining yakuniy treylerini taqdim etdi. Sakkiz qismdan iborat loyihada “Oskar” mukofoti sovrindori Mishel Yeo (“Всё везде и сразу”) va “Эйфория” seriali yulduzi Xanter Shafer bosh rollarni ijro etgan.

Voqealar kelajakdagi Los-Anjelesda kechadi. Kora (Xanter Shafer) ismli qiz kamsitishlardan qochish uchun o‘zini replikant sifatida ko‘rsatadi. O‘zi va akasini qutqarish maqsadida u xizmat muddati tugash arafasida turgan replikant Oluendan yordam so‘raydi.

Serial ijodkori “Сияющие” loyihasi bilan tanilgan Silka Luiza hisoblanadi. Ridli Skott ijrochi prodyuser sifatida ishtirok etgan, ayrim epizodlarga esa “Сёгун” seriali rejissyori Jonatan van Tyulleken rejissyorlik qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling