“Emili Parijda” serialining so‘nggi mavsumi treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana: · 42
“Emili Parijda” serialining so‘nggi mavsumi treyleri chiqdi

Netflix “Emili Parijda” serialining oltinchi va so‘nggi mavsumi tizer-treylerini taqdim etdi.

Yangi qismlarda moda sharhlovchisi Emili Kuper (Lili Kollinz) Gretsiyaga yo‘l oladi va karyerasi, muhabbati hamda Parijdagi hayoti o‘rtasida murakkab tanlov qilishiga to‘g‘ri keladi.

Serialning yakuniy mavsumida Eshli Park, Lukas Bravo, Lyusen Laviskont va boshqa aktyorlar ham o‘z rollariga qaytgan.

“Emili Parijda” seriali muallifi Darren Starr hisoblanadi. Serial 2020-yilda Netflix’da namoyish etila boshlagan. Yangi mavsum namoyishi 2026-yil 24-dekabrdan boshlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling