“Ramayana” filmi Toshkent kinoteatrlarida namoyish etilmoqda

E’lon qilingan sana: · 285
“Ramayana” filmi Toshkent kinoteatrlarida namoyish etilmoqda

Hindistonning mashhur “Ramayana” eposi asosida suratga olingan yangi “Ramayana: Afsonaning qayta tug‘ilishi” filmi Toshkent kinoteatrlarida namoyish etila boshlandi.

“Рамаяна. Возрождение легенды” (Ramayana: Rise of a Legend) filmi 12-noyabrdan O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etilmoqda. Kartina hind rejissyori Nitesh Tiwari tomonidan suratga olingan bo‘lib, qadimgi hind adabiyotining eng mashhur asarlaridan biri — “Ramayana” eposiga asoslangan.

Syujet markazida taxt vorisi shahzoda Rama va uning rafiqasi Sita turadi. Saroydagi fitnalar sabab ular o‘z yurtini tark etib, surgunga ketishga majbur bo‘ladi. Biroq ularning o‘rmonda kechayotgan osoyishta hayoti jinlar hukmdori Ravana Sitani o‘g‘irlab ketishi bilan o‘zgaradi. Bu voqea ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi katta to‘qnashuvga sabab bo‘ladi.

Kartinada Rama obrazini Ranbir Kapoor, Sita obrazini Sai Pallavi, Ravana obrazini esa Yash gavdalantirgan. Shu bilan birgalikda, aktyorlar tarkibidan Sunny Deol va Ravi Dubey ham o‘rin olgan.

Loyihaning yana bir e’tiborga molik jihati — uning xalqaro ijodiy jamoasidir. Film musiqasini “Interstellar”, “Dune” va “Gladiator” kabi kartinalar saundtreklari bilan tanilgan mashhur Hans Zimmer hamda hind kompozitori A. R. Rahman birgalikda yaratgan.

Shuningdek, film prodyuseri Namit Malhotra rahbarlik qiladigan DNEG studiyasi avval “Interstellar” va Christopher Nolanning “Odisseya” filmi kabi yirik loyihalarning vizual effektlari ustida ham ishlagan.

Ma’lumot uchun: ayrim kinoteatrlardagi seanslar hind tilida o‘tkazilmoqda.

Filmga chiptalarni Afisha.uz orqali sotib olish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling