Yangi Jeyms Bond rolini Robert Pattinson ijro etadi

E’lon qilingan sana: · 3
Yangi Jeyms Bond rolini Robert Pattinson ijro etadi

Robert Pattinson Jeyms Bond haqidagi 26-filmda bosh rolni ijro etadi. Avvalroq OAV aktyor franchayzada suratga tushish uchun yuqoriroq gonorar talab qilgani va odatdagi to‘rtta film o‘rniga faqat uchta filmda ishtirok etishga rozi bo‘lgani haqida xabar bergandi.

Bond roliga boshqa nomzodlar orasida Jek Louden, Kallum Terner, Josh O‘Konnor va Nikolas Hoult ham bor edi. Yangi film rejissyori “Dyuna” kartinasi bilan tanilgan Deni Vilnyov bo‘ladi. Ssenariy ustida esa “Shelbilar oilasi” seriali yaratuvchisi Stiven Nayt ishlagan. Hozircha syujet tafsilotlari va premyera sanasi noma’lum.

Avval Jeyms Bond rolini Deniel Kreyg ijro etgan. U “Royal kazinosi” va “Skayfoll” kabi filmlarda suratga tushgan. Franshizaning hozircha so‘nggi, 25-filmi — “Intihoga hali erta” 2021-yilda ekranlarga chiqqan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling