“O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi «Oskar» mukofotiga barcha mumkin bo‘lgan nominatsiyalarda taqdim etiladi

Sony Pictures rahbari Tom Rotman Deadline nashriga bergan intervyusida “O‘rgimchak odam: yangi kun” filmi “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi film” va boshqa nominatsiyalariga taqdim etilishini ma’lum qildi. Uning fikricha, kartina yilning eng yaxshi filmlari qatoridan joy olishga loyiq.
“Iyul oxirida premyera qilingan film jahon prokatida 2,5 mlrd dollardan ortiq daromad yig‘di. Bu kino tarixidagi uchinchi eng yuqori natija bo‘lib, undan faqat “Qasoskorlar: Final” va “Avatar” filmlari oldinda. Shuningdek, kartina AQSH prokatida 959 mln dollar ishlab, “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” rekordini yangiladi.
Franshizaning to‘rtinchi qismida Piter Parker (Tom Holland) yangi qudratli dushmanga qarshi kurashadi. Filmda Zendaya, Seydi Sink, Jon Berntal, Mark Ruffalo va boshqalar suratga tushgan. Rejissyor — “Shan-Chi” filmi bilan tanilgan Destin Deniel Kretton.
99-“Oskar” mukofotini topshirish marosimi 2027-yil 14-martda bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar yanvar oyida e’lon qilinadi.