“Bir binodagi qotilliklar” serialining oltinchi mavsumi treyleri chiqdi
E’lon qilingan sana: · 275

Hulu va Disney+ “Bir binodagi qotilliklar” serialining yangi mavsumi treylerini taqdim etdi. Navbatdagi qismlar “Londondagi qotillik” nomi ostida namoyish etiladi.
Syujet Buyuk Britaniya poytaxtiga yo‘l olib, u yerda yangi ishni tergov qiladigan podkast yurituvchi detektivlar haqida hikoya qiladi. Serialda Stiv Martin, Martin Short, Selena Gomes, Oliviya Kolman, Martin Friman, Jim Brodbent, Devid Tennant va boshqalar rol ijro etgan.
“Bir binodagi qotilliklar” seriali 2021-yilda striming platformasida debyut qilgan va tanqidchilar hamda tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lib, muvaffaqiyat qozongan.
“Londondagi qotillik” mavsumining premyerasi 8-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.