Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz” filmining yangi qismida yana Kevin rolini ijro etadi

20th Century Studios “Uyda yolg‘iz” filmining davomini suratga oladi. Unda Makoley Kalkin yana Kevin Makkallister rolini ijro etadi. Bu haqda Deadline xabar berdi. Film ssenariysi ustida Set Rogen va Evan Goldberg ishlaydi. Ular loyiha prodyuserlari ham hisoblanadi. Syujet tafsilotlari hozircha noma’lum.
Bir yil avval Kalkin “Uyda yolg‘iz” filmidagi roliga qaytishga qarshi emasligini bildirgan edi. Aktyor ulg‘aygan Kevin farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgani, biroq unga yetarlicha e’tibor bermayotgani haqidagi syujetni taklif qilgan. Natijada farzandi otasidan qattiq xafa bo‘lib, uni uyga kiritmaydi va turli tuzoqlar o‘rnatadi.
Shu bilan birga, original film rejissyori Kris Kolambus franshizani qayta tiklashni istamasligini aytgan. Uning fikricha, “Uyda yolg‘iz” kino tarixidagi takrorlab bo‘lmaydigan o‘ziga xos hodisa bo‘lib, 35 yil avval yaratilgan filmni qayta jonlantirishga urinish xato bo‘ladi.