“Hayot-mamot o‘yinlari: Tong otishi” filmi ilk dam olish kunlarida 225 mln dollar yig‘di

E’lon qilingan sana: · 256
“Hayot-mamot o‘yinlari: Tong otishi” filmi ilk dam olish kunlarida 225 mln dollar yig‘di

“Hayot-mamot o‘yinlari: Tong otishi” filmi ilk dam olish kunlarida dunyo bo‘ylab 225 mln dollar daromad keltirdi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda. Ushbu mablag‘ning 120 mln dollari AQSH, qolgan 105 mln dollari esa 84 ta xorijiy hudud hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Film Lionsgate studiyasining 2026-yildagi eng muvaffaqiyatli startini qayd etib, “Maykl” (218,8 mln dollar) va o‘tgan yil noyabrida chiqqan “Yovuz. 2-qism” (223 mln dollar) filmlarini ortda qoldirdi. Franshizaning barcha qismlari orasida esa jahon prokatidagi dastlabki daromad bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Eng yuqori xorijiy daromad Buyuk Britaniyada qayd etildi — 17,4 mln dollar. Bu franshiza uchun rekord va Lionsgate’ning ushbu mamlakatdagi eng yaxshi starti hisoblanadi. Filmga Frensis Lourens rejissyorlik qilgan, yosh Heymitch Aberneti rolini esa Jozef Zada ijro etgan.

Eslatib o‘tamiz, Afisha.uz'da “Hayot-mamot o‘yinlari” franshizasining yangi qismi — “Hayot-mamot o‘yinlari: Tong otishi” filmiga chiptalar sotilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling