“Bedarak” filmi 26-noyabrdan kinoteatrlarda namoyish etiladi

E’lon qilingan sana: · 33
“Bedarak” filmi 26-noyabrdan kinoteatrlarda namoyish etiladi

26-noyabr kuni “Bedarak” filmi prokatga chiqadi. Kartina Bosh prokuratura katta tergovchisi Sherzod Rasulov boshchiligida qora rieltorlarning jinoiy guruhini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tergov haqida hikoya qiladi.

Film ssenariysi muallifi — Nodir Shams, operator — Rustam Yo‘ldoshov, rassom — Ahrorxo‘ja Sulixo‘jayev, bastakor — Shuhrat Zokirov.

Bosh rollarni ozarbayjonlik aktyor Senan Allaz, Farhod Mahmudov, Murod Nasimov, Shahlo Temirova, Munisa Magamet, Bobur Imomov, Mahbuba Shamsutdinova, Feruza Sobitova va Rashid Shadad ijro etgan.

Yosh chegarasi: 18+.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
“Bedarak” filmi 26-noyabrdan kinoteatrlarda namoyish etiladi — Toshkent Afishasi