Warner Bros. “Dyuna” filmining uchinchi qismi uchun yangi tizer chiqardi

E’lon qilingan sana: · 86
Warner Bros. “Dyuna” filmining uchinchi qismi uchun yangi tizer chiqardi

Film voqealari Pol Atreydes hokimiyat tepasiga kelganidan 17 yil o‘tib sodir bo‘ladi.

Warner Bros. Pictures rejissyor Deni Vilnyovning “Dyuna: Uchinchi qism” ilmiy-fantastik filmi uchun yangi tizer taqdim etdi.

Film voqealari Pol Atreydes hokimiyat tepasiga kelganidan 17 yil o‘tib sodir bo‘ladi. Endilikda u Imperiumni boshqaradi, biroq muqaddas urush oqibatlari va o‘z hokimiyatiga qarshi uyushtirilgan fitna bilan yuzlashishga majbur bo‘ladi. Mojaro markazida Chani ham bo‘ladi — uning Pol bilan munosabatlari keng ko‘lamli siyosiy qarama-qarshilikning bir qismiga aylanadi.

Yangi qismda Timoti Shalame, Zendeya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Jeyson Momoa, Xavyer Bardem va Anya Teylor-Joy o‘z rollariga qaytadi. Yangi qahramonlar orasida Robert Pattinson ijrosidagi Skital ham paydo bo‘ladi. Shuningdek, filmda Pol va Chanining farzandlari — Leto II va Ganimu rollarini ijro etuvchi Nakoa-Vulf Momoa va Ayda Bruk ham ishtirok etadi.

Film 18-dekabr kuni kinoteatrlarda namoyishga chiqadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling