Disney “Avatar 4” filmi ustida ishlamoqda

E’lon qilingan sana: · 136
Disney “Avatar 4” filmi ustida ishlamoqda

“Avatar” franshizasining to‘rtinchi qismi Disney’ning filmlarni namoyishga chiqarish jadvalida qolmoqda. Bu haqda studiya rahbariyati Argentinada o‘tkazilgan Upfronts yillik loyihalar taqdimotida ma’lum qildi.

Film premyerasi 2029-yil 21-dekabrga belgilangan. Jeyms Kemeron rejissyor sifatida qaytishi yoki qaytmasligi hozircha noma’lum. Franshizaning so‘nggi filmi — “Avatar: Olov va kul” 2025-yilda namoyishga chiqib, 1,48 milliard dollar daromad keltirgan. Film budjeti marketing kampaniyasi xarajatlarini hisobga olmaganda 350 million dollarni tashkil etgan.

Taxminlarga ko‘ra, to‘rtinchi film voqealari “Olov va kul"dagi hodisalardan olti yil o‘tib sodir bo‘ladi. Kemeronning o‘zi bu yil “Avatar"ning kelajagiga ishonchi komil emasligini tan olgan va boshqa loyihalar bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan edi.

“Avatar 4"dan tashqari, franshizaning beshinchi qismi ham rejalashtirilgan — uning premyerasi 2031-yilda kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling