“Shang-Chi” filmining ikkinchi qismi uchun ssenariy yozilmoqda
E’lon qilingan sana: · 173

Gollivud ssenariynavisi Deyv Kallaxem “Shang-Chi va o‘nta halqa afsonasi” filmining ikkinchi qismi ustida ishlayotganini ma’lum qildi. U Escape Hatch podkastida loyiha hali dastlabki bosqichda ekanini, biroq ishlar davom etayotganini ta’kidladi.
Kallaxem birinchi film ssenariysi ustida ham ishlagan. Destin Deniel Kretton rejissyorligidagi kartina 2021-yilda ekranlarga chiqib, 432 million dollar daromad keltirgan. Filmda Simu Lyu, Toni Lyun Chu-Vay, Akvafina, Mishel Yeo va Ben Kingsli suratga tushgan. Kartina Rotten Tomatoes platformasida tanqidchilarning 92 foizlik ijobiy bahosiga sazovor bo‘lgan.
Shang-Chi yaqin orada “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” blokbasterida ekranlarga qaytadi. Filmning AQShdagi premyerasi 18-dekabrga belgilangan.