Boiler Room Uzbekistan doirasida Toshkentda ikkita tadbir o‘tkaziladi.
Boiler Room — Buyuk Britaniyada joylashgan musiqiy eshittirish platformasi bo’lib, har oy butun dunyo bo’ylab 30 dan ortiq jonli shoularni efirga uzatadi. Loyihada Thom Yorke, Carl Kox, Erykah Badu, Jamie xx, Nina Kraviz va boshqa ko’plab gigantlar asosiy ishtirokchilar sifatida qatnashishgan. Dunyoning 50 ta davlatidagi 100 ga yaqin shaharlarda boʻlgan “boyler” endi Oʻzbekistonga yoʻl oladi.
Dastur:
19-mart:
Bu kun mahalliy DJ`lar ishtirokida elektron musiqaga bag’ishlanadi. Tadbir soat 17:00 da boshlanadi va 23:00 da tugaydi. U sovet davridagi yuqori energiya fizikasi sohasidagi tadqiqot markazi bo’lgan “Fizika-Quyosh” Fizika-texnika institutida bo’lib o’tadi. Tadbir o’tkaziladigan “Quyosh instituti” ning asosiy elementi bu ulkan quyosh paneli — parabolik reflektor bo’lib, dunyoda ulardan faqat ikkitasi bor.
Line-up:
- Sabinē;
- Kebato;
- Mary Breslavets;
- Jozef Tumari;
- Xyarim.
20-mart:
O‘zbekiston Xalq xalq amaliy san’ati davlat muzeyida kunduzgi tadbirda ansamblga xos an’anaviy cholg‘u asboblarida ijrolar bo‘lib o‘tadi.
Line-up:
- Azizbek Qalandarov;
- G’ulomjon Muhamedjonov;
- Javharbek Ismoilov;
- Mansur Ahmedov;
- Otabek Sobirjonov;
- Toir Qo’ziyev.
Chiptalar bepul.
Boiler Room platformasi siyosatiga ko’ra, tadbirga taklif qilingan mehmonlar tasodifiy tarzda tanlanadi. Buning uchun saytda ariza topshirish kerak bo’ladi.
Bu vaqtga kira olmaganlarning barchasi keyingi Boiler Room`ga ariza berishda ustunlikka ega bo’lishadi.
Tashkilotchilar bilan Telegram'dagi havola orqali bog‘lanish mumkin.