Ilkhom Jazz Club musiqiy kechasi

“Ilhom” teatrida Ilkhom Jazz Club musiqiy kechasi bo’lib o’tadi.
IlkhomJazzClub mehmonlari — Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan prodyuser Asror Isoxodjayev bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan musiqiy loyiha (A-media).
Fransiya elchixonasi O‘zbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy merosini asrab-avaylash bo‘yicha bir qancha loyihalar ustida ishlamoqda. Ana shunday loyihalardan biri yevropalik va o‘zbek sozandalarining maqom ijrosidagi musiqiy eksperimentidir.
Loyiha 2021-yilda Toshkentda boshlangan. Shundan so’ng Qirg’iziston, Turkiya va Tojikistonda yangradi.
Turli mamlakatlardan kelgan sozandalar maqomni o‘rganish, kompozitsiyalarni aranjirovka qilish uchun masofadan turib ishlagan.
Ushbu loyiha doirasida quyidagi san’atkorlar ishtirok etishadi:
- Andrea Romani (nay)
- Apostolos Sideris (kontrabas)
- Aleksi Bajo-Nersessian (piano)
- Per Demanj (baraban)
O’zbekistonliklar tomonidan ishtirok etuvchilar:
- Botir Qodirov (vokal)
- Shuhrat Xolxudjaev (tanbur)
- Abduvohid Mirzaahmedov (gijjak)
- Murodxon Muzaffarov (doira)
- Go’zal Mo’minova (dutor).
Chiptalar narxi: 55 000 so’mdan 140 000 so’mgacha.
Chiptalarni teatr kassasida va ticketon.kz sayti orqali xarid qilish mumkin.
Kassa telefon raqami: (+998) 71−241−2241
- Sana8 may, 18:30