Anons

Al Di Meola konserti

E’lon qilingan sana· 174
Al Di Meola konserti

Xalqaro forumlar saroyida VII Xalqaro jazz festivali doirasida Al Di Meolaning konserti bo‘lib o‘tadi.

Uning faoliyatining 40 yildan ortiq davom etayotgani tanqidchilar olqishiga sazovor bo’ldi, to’rtta oltin va ikkita platina albomi, butun dunyo bo’ylab olti milliondan ortiq rekord darajadagi sotuvlar, Germaniyada beshta oltin albom va turli mukofotlarga ega, jumladan u Berkli musiqa kollejining faxriy doktori, Monreal Jazz festivalida topshiriladigan Mayls Devis faxriy sovrindori, 2008-yilda ser Jorj Martin tomonidan toshirilgan BBC Lifetime Achievement Award mukofoti sohibi, Vengriya Ijro san’atlari jamg’armasining Lyra mukofoti va ko’plab Gremmi nominatsiyalari va mukofotlari egasi. Al gitara bilan bog’liq eng nufuzli mukofotlari sohibi hisoblanadi.

Chipta narxi: 100 000 so’mdan 500 000 so’mgacha.
Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Jonli ijro.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.

Tashkilotchilar: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi va YUNESKO byurosi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ