Anons

Sabrina Shtarke konserti

E’lon qilingan sana· 418
Sabrina Shtarke konserti

Xalqaro jazz festivali doirasida “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyining ochiq maydonida Sabrina Shtarkening konserti bo‘lib o‘tadi.

Sabrina Shtarke — Edison Awards va Radio 6 Awards kabi bir qancha nufuzli mukofotlarga sazovor bo’lgan surinam-golland qo’shiqchisi. U o’zining debyut albomi “Yellow Brick Road” va “Do for Love” nomli qo’shig’ini 2008-yilda chiqardi. Blue Note tomonidan qayta chiqarilgan Yellow Brick Road albomi ketma-ket 52 hafta davomida chartlardan o’rin egalladi va platinum albomga aylandi.

Sabrinaning uslubi soul, folk, R&B va jazzning aralashmasidir. Uning musiqasi Nina Simone, Ella Fitsjerald, Emi Uaynxaus va boshqa buyuk ijrochilarning boy merosiga asoslangan.

Kirish bepul.

Tashkilotchi: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ