Anons

Xalqaro kamer musiqasi festivalining yopilishi

E’lon qilingan sana· 46
Xalqaro kamer musiqasi festivalining yopilishi

Konservatoriyaning organ zalida «Yapon bahori» xalqaro loyihasi doirasida kamer musiqasi festivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Uni Oybek Imomov rahbarligidagi solistlar ansambli yakunlaydi.

Jamoa 2006-yilda tuzilgan. Uning tarkibiga O‘zbekistonning yetakchi orkestrlari: Zaxro Muhamedjonova (fortepiano), Dinara Xidirova (skripka), Vlada Huseynova (skripka), Abdullo Tojitdinov (alt) kabi milliy va xalqaro tanlovlar laureatlari kiradi.

Dirijyor Oybek Imomov (violonchel) o‘nga yaqin xalqaro tanlovlar laureati, V.Spivakov rahbarligidagi MDH simfonik orkestrida ijro etilgan, Germaniya, Fransiya, Qatar, Qozog‘istonda konsertlar bergan, 2022-yilda Yaponiyaning 8 ta shahrida bir qator yakkaxon va kamerli chiqishlar qilgan.

Kirish bepul.