“Jazzirama” guruhining konserti

Xalqaro forumlar saroyining ochiq maydonida jaz festivali doirasida taniqli o‘zbek guruhi “Jazzirama” guruhining konserti bo‘lib o‘tadi.
Guruhning tarixi 2011-yilga — musiqachilar Saidmurod Muratov va Sanjar Nafikovlar yagona musiqiy guruhga birlashgan paytga borib taqaladi. Keyinroq guruhga barabanchi Vladislav Nemtinov qo‘shiladi. Jamoaning boshqa guruhlardan ajratib turuvchi uslubi, bu mumtoz va zamonaviy jazning o‘zbek milliy musiqasi bilan uyg‘unlashtirilganligidandir.
Bu yil “Jazzirama” odatiy sadolardan chetlanib, guruhning yangi a’zosi, xushovoz xonanda Le Luu Liyen xonim hamda ikki taklif etilgan mehmon sozandalar Furqat Vahabov (gitara) va Andrey Prosvirnov (bas-gitara) jo‘rligidagi kutilmagan tajriba-sinovni jamoatchilik e’tiboriga havola qiladi.
Kirish bepul.
Tashkilotchi: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi.
- Sana28 aprel, 19:30