"Raxmaninov bahori" festivali qanday o'tmoqda? — Foto
E‘lon qilindi: · 361

Poytaxtimizda “Raxmaninov bahori” xalqaro musiqa san’ati festivali boshlandi. Festival Davlat simfonik orkestri va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
Bu atoqli bastakor, pianinochi va dirijyor, jahon musiqa madaniyatining markaziy namoyandalaridan biri Sergey Raxmaninov tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan birinchi festivaldir.
Festival O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 1−15 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Konsert jadvali va chiptalar narxlari bilan saytimizning “Konsertlar” bo‘limida tanishishingiz mumkin.
Afisha muxbiri 4-aprel kuni “Fortepiano konsertlari oqshomi"ga tashrif buyurdi va uning qanday o’tganini ko’rsatadi.

Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov